2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Oʻzaro hamkorlik samarali boʻlmoqda

Joriy yilning 4-aprel kuni “Navoiyuran” DKning IT va geologiya-qidiruv sohasi vakillari “Nurlikum Mining” qo’shma korxonasining ofisiga tashrif buyurdilar.

Ushbu tashrifning maqsadi biznes aloqalarini mustahkamlash va samarali tajriba almashishdan iborat. Uchrashuv davomida hamkorlikning ko’plab muhim jihatlari muhokama qilindi. Bu esa o’zaro manfaatli aloqalarni yanada chuqurlashtirishga, raqamli transformatsiya va geologiya-qidiruv sohalaridagi samarali hamkorlikni yo’lga qo’yishga imkon yaratdi.

Tashrif doirasida shuningdek, 3D modellashtirish bo’yicha taqdimot bo’lib o’tdi. Unda “Nurlikum Mining” xodimlari geologik ma’lumotlarni yig’ish va arxitekturaviy loyihalash sohasidagi erishilgan yutuqlarini namoyish etdilar.

Har ikki tomon ham yangi yutuqlarga erishish va qo’shma loyihalarni amalga oshirish yo’lida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Korxona vakillari “Nurlikum Mining” kompaniyasi rahbariyatiga samimiy qabul va samarali hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi. “Nurlikum Mining” jamoasi bilan 3D modellashtirish va raqamli transformatsiya sohasida qiziqarli alternativ yechimlarni taqdim etish maqsadida “Navoiyuran” DKda uchrashuv o’tkazishga kelishib olindi.

Sahifalar

Category

Skip to content