Rahbar va yoşlar uçraşuvi: nazariy bilimlardan amaliyot sari
“Navoiyuran” davlat korxonasida yoşlarning kasbiy salohiyatini yuksaltiriş hamda kelajakda soha uçun malakali mutaxassislar tayyorlaşga qaratilgan dual ta’lim tizimi takomillaştirilmoqda.
“Zafarobod” kon boşqarmasida dual ta’lim dasturi asosida tahsil olayotgan Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universiteti talabalari bilan korxona rahbariyati iştirokida “Rahbar va yoşlar uçraşuvi” bölib ötdi.






Samimiy va oçiq muloqot davomida talabalarga korxonada amalga oşirilayotgan işlab çiqariş jarayonlari, uran qazib oliş faoliyati hamda sohada qöllanilayotgan zamonaviy texnologiyalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Şuningdek, yoşlar özlarini qiziqtirgan kasbiy faoliyat, tanlagan mutaxassisliklari va işlab çiqariş jarayonlariga oid savollar bilan murojaat qilib, rahbariyatdan atrofliça javob va tuşuntirişlar oldilar.



Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligida 2026-yilda yoşlar bilan işlaş va yoşlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oşiriş doirasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan korxonada Navoiy davlat konçilik va texnologiyalar universitetining 130 nafarga yaqin talabasi dual ta’lim dasturiga jalb etilgan.
Talabalar öz mutaxassisliklariga muvofiq korxonaning tajribali va malakali mutaxassislariga biriktirilib, ularga işlab çiqariş jarayonlarini bevosita örganiş, kasbiy könikmalarini şakllantiriş va amaliy tajriba orttiriş imkoniyati yaratilgan.





