2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

300 million dollarlik yevrobond: “Navoiyuran” xalqaro moliya bozorida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va hukumat rahbarining tegishli topshiriqlari asosida xalqaro darajadagi moliyaviy va yuridik maslahatchilar jalb qilindi. Istiqbolli loyihalar ro‘yxati shakllantirildi va investorlar uchun taqdimot tayyorlandi. Salohiyatli xorijiy investorlar jalb qilingan xolda birlashgan Arab Amirligining Abu-Dabi va Dubay, AQShning Nyu York va Boston shaharlarida non-deal roadshow tadbirlari o‘tkazildi.

Korporativ obligatsiyalar (eurobond) chiqarilishiga joriy kapital bozoridagi ijobiy kon’yunktura turtki bo‘lib, bu esa korxonaga keng ko‘lamdagi investorlarni jalb etish hamda emissiyani maqsadga muvofiq jozibador shartlarda amalga oshirish imkonini beradi.

Bank anderayterlar va xorijiy konsultantlar tavsiyasiga ko‘ra, investorlar ishonchini oshirish, tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida Yevrobondalar joylashtirish maqsadida o‘tkaziladigan “non-deal Roadshow”larda emitentning yuqori martabali vakillari ishtirok etishdi. Xususan, Abu Dhabi Investments Authority, First Abu Dhabi Bank, BREVAN HOWARD, Mashreq Capital, ENBD AM, BHM Capital, Q Market Maker, Market Securities, Emirates Investment Bank, UAB, Boston MFS, FMR kabi kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda “Citi”, “ADCB”, “Natixis” tarkibidagi anderrayter banklar konsorsiumi investorlarning obligatsiyalarni chiqarishga bo‘lgan yuqori qiziqishini qayd etdi.

Mazkur korporativ obligatsiyalarning (eurobond) xalqaro kapital bozorida muvaffaqiyatli joylashtirilishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga investorlar bildirayotgan ishonch va ijobiy bahoning tasdig‘idir.

Sahifalar

Category

Skip to content