2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

“Navoiyuran” davlat korxonasida 2025-yil 1-yarim yillik natijalari tanqidiy tahlil qilindi va ustuvor vazifalar belgilab olindi

2025-yil 8-iyul kuni “Navoiyuran” davlat korxonasida Bosh direktor Djamal Fayzullayev rahbarligida korxona faoliyatining birinchi yarim yillik yakunlari va 2025-yilga belgilangan maqsadli ko’rsatkichlarning bajarilishiga oid asosiy vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Bosh direktorning o’rinbosarlari, bosh direktorning maslahatchilari, direktorlar, boshgarma, bo‘lim, xizmat va tarkibiy bo’linmalarning rahbar va mutaxassislari ishtirok etishdi.  

Dastlab korxonaning so‘nggi vaqtlarda erishgan yirik yutuqlariga e’tibor qaratildi. Xususan, korxonaning 300 mln. dollar miqdoridagi 5 yillik yevrobondlarini 6,70% ko‘pon stavkasida joylashtirilganligi hamda Mug‘ulistonning Ulan-Bator shahrida korxonaning vakolatxonasini ochish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlab yuborilgani alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilishning asosiy e’tibori raqamlar ortidagi real holatni tahlil qilish, mavjud muammolarni ochiq muhokama etish va ularni bartaraf etish bo‘yicha qat’iy choralar belgilashga qaratildi.

Bosh direktor o‘z ma’ruzasida, ayrim yo‘nalishlarda ko‘zlangan natijalarga erishilmaganini tanqidiy tilda ta’kidlab, aniq kamchiliklarni ochiq ko‘rsatib o‘tdi. Mas’uliyatni yanada oshirish va shaxsiy javobgarlikni ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.  

Shundan so‘ng, 2025-yil oxirigacha uran ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi. Bosh muhandis A. Saparov ushbu yo‘nalishdagi amaliy ishlar va rejalar haqida to‘liq ma’lumot berdi. Shuningdek, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bilan birga, tannarxni kamaytirishga alohida e’tibor qaratilishi lozimligini ta’kidladi. Taklif va fikrlar asosida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Ishlab chiqarishdagi ayrim muammolarga to‘xtalinar ekan, muhokamalar jarayonida tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari ham ishtirok etishdi. Ular yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish choralari va ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berishdi.

Bosh direktor tomonidan har bir kamchilik bo‘yicha mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berildi. Bajarilish holati shaxsan nazorat qilinishi belgilandi.

Shuningdek, qo‘shimcha yo‘nalishlar bo‘yicha ham hisobotlar berildi. Ta’minot bo‘yicha direktor L.Hamidov korxona ehtiyojlari uchun zarur moddiy resurslarni xarid qilish holati yuzasidan hamda Mehnat muhofazasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i S.Nurnazarov ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar va xavfsizlikning amaldagi darajasi haqida hisobotlar taqdim etishdi.

Yig‘ilish yakunida korxonaning barcha bo‘linmalari uchun ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bilan bog‘liq barcha jarayonlar, xususan, burg‘ilash ishlari hajmini oshirish, investitsiya va eksport rejalarini so‘zsiz amalga oshirish, geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, burg‘ilash uskunalarini yetkazib berish, yangi qabul qilinayotgan xodimlarning malakasini oshirish, shuningdek, moliyaviy va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha 2025-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yangi vazifalar va ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, korxonaning ikkinchi yarim yillikda barqaror rivojlanishi hamda belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga to‘liq erishish uchun mustahkam asos bo‘lishi ta’kidlandi. Yig‘ilish jarayoni tanqidiy ruhda o‘tib, har bir rahbar va mutaxassis oldiga aniq va manzilli vazifalar qo‘yildi.

Sahifalar

Category

Skip to content