Geologiya-qidiruv ishlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim kelishuvga erishildi
“Navoiyuran” DK “Uran va noyob metallar geologiyasi” IICHM bosh geologi Xusniddin Olovov hamda “Uzbek Overseas Geology Company” Bosh direktori Xayitboy Omonov Mo‘g‘ulistonning “Mon Atom” va “Adamas Mining” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida ikki mamlakat geologiya sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, Mo‘g‘uliston hududida “Adamas Mining” kompaniyasi balansida bo‘lgan uran konlarida hamkorlik asosida qazib olish ishlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, konlarda va ularning atrofida geologik qidiruv ishlarini olib borish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mavjud geologik ma’lumotlar va hisobotlar taqdim etilishi, ularni chuqur o‘rganish hamda tegishli xulosalar chiqarish masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi.
Muzokaralar ijobiy ruhda o‘tdi va geologiya sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yildi. Tomonlar hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar mintaqaning iqtisodiy va ilmiy rivojiga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdilar.
