2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Braziliyalik uran sanoati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

“Navoiyuran” davlat korxonasi vakillari joriy yilning 13–17 oktabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE – IAEA)ning “Qumtoshli uran konlarini o‘zlashtirish va geologiya-qidiruv ishlarida innovatsiyalarni qo‘llash istiqbollari” mavzusidagi texnik uchrashuvlar haftaligi doirasida Braziliyaning Milliy geologiya xizmati vakillari Hyugo Polo (Hugo Polo) va Raul Meloni (Raul Meloni)lar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida Braziliyaning uran konlari, geologik ma’lumotlari, tabiiy resurslari hamda uran qazib olish sohasidagi qonunchilik talablari va tartibga soluvchi idoralar faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, mamlakatdagi uchta yirik qumtoshli uran konlarida mavjud 150 ming tonnadan ortiq uran resurslarini geologiya-qidiruv ishlarini davom ettirish orqali xalqaro standartlar asosida zaxiralarni tasdiqlash va sanoat miqyosida o‘zlashtirish rejalashtirilgani ta’kidlandi. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Braziliya hukumati qonunchilik talablarini takomillashtirib, davlat tomonidan vakolatli milliy kompaniya — INB (Industry Nuclear du Brasil) ni yagona operator sifatida belgilagan.

Shuningdek, “Navoiyuran” DKning xalqaro miqyosdagi faoliyati doirasida o‘zaro hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Uchrashuvda korxonaning Braziliyada amalga oshirilayotgan yangi milliy loyihalarda ko‘p yillik tajribasiga tayangan holda loyihalashtirish, geologiya-qidiruv, konlarni tayyorlash va o‘zlashtirish jarayonlarida hamkor sifatida ishtirok etish salohiyati yuqori baholandi. Ma’lumki, “Navoiyuran” DK tabiiy uranni yer ostida ishqorlash (ISR) usuli bilan qazib olish bo‘yicha dunyoda yetakchi korxonalardan biridir.

Braziliya Milliy geologiya xizmati tomonidan mamlakatdagi uran konlari va istiqbolli maydonlarga oid geologik ma’lumotlarning elektron to‘plami taqdim etildi hamda ikki tomonlama muloqotni tegishli bo‘linmalar va mas’ul mutaxassislar darajasida davom ettirishga kelishib olindi.

“Navoiyuran” DK vakillari o‘z navbatida korxonaning Braziliya kompaniyalari bilan uran sanoatini rivojlantirish va qazib olish sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdilar.

Leave A Comment

All fields marked with an asterisk (*) are required

Sahifalar

Category

Skip to content