2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Korxona mutaxassislari Iordaniyada uran bo‘yicha geologiya-qidiruv va namuna olish ishlarini boshladi

“Navoiyuran” DK mutaxassislari Iordaniya Hoshimiylar Podshohligiga rasmiy tashrif doirasida bo‘lib, uranni birgalikda o‘rganish maqsadida Iordaniyaning Jordan Uranium Mining Company (JUMCO) korxonasi bilan geologik tadqiqotlar, geologik namunalar olish, laboratoriya tahlillarini o‘tkazish hamda natijalar asosida qo‘shma takliflar ishlab chiqish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilash jarayonini olib bormoqdalar.

Mazkur hamkorlik doirasida “Navoiyuran” DK geologlari va JUMCO mutaxassislari Wadi Al-Baxiya, Svaqa, Xan Al-Zabib va Hasa-Qatrana kabi istiqbolli maydonlarda uran qazib olish salohiyatini baholash maqsadida geologik namunalar yig‘moqda.

Ushbu namunalar “Navoiyuran” DK laboratoriyalarida tahlil qilinib, ularning mineral tarkibi hamda uran kontsentratsiyasiga doir ma’lumotlar natijalari kelgusidagi qo‘shma loyihalarni shakllantirishga hamda qo‘shma konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha qaror qabul qilishda asos bo‘ladi.

Shuningdek, geologik ma’lumotlar va tuproq namunalarining laboratoriya natijalari asosida tomonlar uranni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha kelgusidagi loyihalar yuzasidan amaliy takliflar tayyorlaydi. Bu esa O‘zbekistonning uran ishlab chiqarish hajmlarini kelgusida oshirishga, shuningdek mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sanoat hamkorligini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Sahifalar

Category

Skip to content