Ushbu brifing “Navoiyuran” davlat konrxonasida Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish hamda “ijro.gov.uz” elektron tizimidagi topshiriqlarning ijro holati mavzusida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil PF-117-sonli Farmoni hamda 2021-yil PQ-5132-son qaroriga muvofiq,ijro intizomini yanada mustahkamlash va 2026 yildagi ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlarning kunbay tahlili tasdiqlangan kalendar grafiklar asosida tizimli ravishda olib borilmoqda.
Hisobot davri mobaynida respublikaning “ijro.gov.uz” elektron tizimida “Navoiyuran” DK mas’ul etib belgilangan topshiriqlar soni jami 341 tani tashkil etdib, muddati yetib kelgan 327 ta topshiriq (100%) bajarilgan va nazoratdan yechilishi ta’minlangan.
Shuningdek, Korxonaning “ijro.navoiyuran.uz” tizimiga Boshqarmaning 316 nafar hamda tarkibiy bo‘linmalarning 967 nafar rahbar va xodimlari to‘liq ulangan bo‘lib, tizimli ravishda hujjatlar ijrosi bo‘yicha nazorat o‘rnatilgan.
“ijro.navoiyuran.uz” elektron tizimi orqali jami 1766 ta hujjat ro‘yxatga olingan bo‘lib, yuqori turuvchi tashkilotlardan kelib tushgan 671 ta hujjatda 1475 ta topshiriq belgilangan, muddati yetib kelgan 672 ta topshiriq to‘liq nazoratdan yechilishi ta’minlangan.
Korxona rahbariyatining jami 187 ta ichki buyrug‘i va farmoyishlari qabul qilindi. 187 ta buyruq va farmoyishlarda 519 ta topshiriq belgilangan bo‘lib, shulardan 300 tasi bajarilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Administratsiya rahbari hujjatlarida hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sababli, 2 nafar rahbarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.
Bundan tashqari, hujjatlar ijrosida har bir rahbar-xodimni mas’uliyatini oshirish maqsadida, tegishli mas’ul ijrochilarga 22 ta ogohlantirish xatlari yuborildi.
Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish maqsadida, “ijro.gov.uz” elektron tizimidagi topshiriqlarning amalga oshirish mexanizmlarini muhokama etish yuzasidan hisobot davr mobaynida har xafta yig‘ilishlar o‘tkazildi va 15 ta bayon tasdiqlandi.
Bundan tashqari, ijro intizomini tarkibiy bo‘linmalarda mustahkamlash maqsadida, 2026-yilning 9-fevralidagi 15-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan grafik asosida Hujjatlar ijrosini nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatida tashkil etilgan amaliyotlarda Uran ishlab chiqarish zavodi hamda Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadi Navoiy maydoni mas’ul xodimlarining kasbiy ko‘nikmalari oshirildi.
Hujjatlar ijrosini nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati boshlig‘i Nargiza Kenjayeva