2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Brifingda “Navoiyuran” davlat korxonasi Mahalliylashtirish bo’limi boshlig‘i Xurshid Kamalov 2025-yilning I-yarim yilligida “Navoiyuran” davlat korxonasida mahalliylashtirish dasturi asosida mahsulotlar ishlab chiqarish natijalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

O‘tgan olti oy davomida mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish tarmoq jadvaliga muvofiq 15 ta loyiha doirasida 105 turdagi qiymati 60,0 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan reja 102,7 foizga bajarildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 182,5 foizni tashkil etdi, shu jumladan, 7 ta yangi loyiha bo‘yicha 17,6 mlrd. so‘mlik va 8 ta kengaytirilgan loyiha bo‘yicha esa 42,4 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarishga erishildi.

Xususan, “Zafarobod” kon boshqarmasi Ta’mirlash-mexanika sexi tomonidan uran konsentratini tashish va saqlash uchun 210l hajmli muxsus metal konteynerlar,  ishlab chiqarish texnologik jarayonlarida foydalaniladigan bosimli sorbsiyalash kolonnalar;

– Uran ishlab chiqarish zavodi uchun aylanma gorizantal quvurli pechlar;

– Burg‘ilash quvurlarini og‘irlashtiruvchi shtangalar;

– Markazdan qochma kimyoviy nasolar uchun ehtiyot qismlar;

– Burg‘ilash uskunalari uchun ehtiyot qismlar va rezina mahsulotlar;

– Elektr cho‘ktirma nasoslar uchun ehtiyot qismlar kabiumumiy qiymati 26,2 milliard so‘m bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

“Nurobod” ishlab chiqarish maydoniga qarashli Plastmassa quvurlari va mahsulotlari ishlab chiqarish sexi hamda “Sobirsoy” geotexnologik koni ta’mirlash mexanika sexi quvvatlarida qiymati 32,4 mlrd so‘mlik polivinilxlorid quvurlar va burg‘ilash uskunasi uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarilgan bo‘lib, “Uchquduq” ishlab chiqarish maydonining Sulfat kislotasi ishlab chiqarish sexi tomonidan qiymati 1,4 mlrd so‘m bo‘lgan 900XNG rusumli sovutgich qurilmasi ishlab chiqarildi.

Sanoat kooperatsiyasi doirasidagi xarid.

Joriy yil yanvar-iyun oylari davomida korxonaning ishlab chiqarish dasturini amalga oshirish maqsadida sanoat kooperatsiyasi asosida mahalliy korxonalardan qiymati 581,5 mlrd. so‘mlik mahsulot xarid qilinib, belgilangan reja 102,6 foizga bajarildi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 158,4 foizni tashkil etdi.

Jumladan, sanoat kooperatsiyasi doirasida “Navpromlitmash”, “Bur “Kompressor Navoiy”, “Aziya-Gormash”, “Gidro Stanko Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati kabi salohiyatli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan burg‘ilash uskunalari uchun ehtiyot qismlar va asbob uskunalar, “Navoiyazot”, “Olmaliq KMK”, “O’zbekneftgaz” “Maxam Chirchiq” AJlaridan hamda “Zarafshon industrial technology” mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tomonidan uran sanoati uchun zarur bo‘lgan kimyoviy reagentlar xaridi amalga oshirildi.

Importni qisqartirishning maqsadli ko‘rsatkichlari!

Yil boshidan korxona tomonidan import qilinadigan mahsulotlar, mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hisobiga importni qisqartirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar 21,5 mln. dollarni yoki shu davr prognoziga nisbatan 102,4 foizni tashkil etib, 2024 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 142,1 foizni tashkil etdi.

“Shatakka olish” tizimi.

Davlatimiz rahbarining 2024-yil 31-oktabr – 1-noyabr kunlari Navoiy viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarni ijrosini ta’minlash maqsadida, korxonamiz tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq 2025 yilda “Navoiyuran” davlat korxonasi tomonidan 17 ta mahalliy tadbirkorlar bilan “shatakka olish” tizimi yo‘lga quyilgan bo‘lib, ular bilan hamkorlik natijasida qiymati 195,0 mlrd so‘mlik mahsulotlarni kooperatsiya doirasida ishlab chiqarish va mahsulotlarni xarid qilish belgilangan.

Xususan, Korxona tomonidan “Krantas Group”, “Kran va Maxsus texnikalar” hamda “Intech Drilling” MChJlar bilan burg‘ilash uskunalari, “Navpolimerplast” MChJ bilan plastmassa quvurlar, “Navoiy Prof Stal Servis” XK bilan ishchi-xodimlar yashashi va ishlashi uchun vagon-binolar, “Maxsus Polimer Zavodi” MChJ bilan yuqori bosimli polimer quvurlar, “Gidro Stanko Servis” MChJ bilan RT-1200 rusumli reduktorlar, “Bur Kompressor Navoiy” MChJ bilan pikoburlar, “Navpromlitmash” MChJ bilan texnologik jarayonlarda ishlatiladigan innovatsion maxsus elaklar, “Aziya-Gormash” MChJ bilan sharoshkali iskana kabi mahsulotlarni “shatakka” olish tizimi bo‘yicha kooperatsiya asosida ishlab chiqarish va xaridini amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida, korxona mutaxassislari tomonidan “shatakka” olingan korxonalarning 12 tasi bilan mahsulot ishlab chiqarish jarayonida konstruktorlik, texnologik va texnik hujjatlarni ishlab chiqish, texnik maslahat berish yo‘nalishlarida ko‘maklashilmoqda hamda “Yo‘l xarita”lari asosida hamkorlikda ish olib borilmoqda.

“Shatakka” olingan 17 ta korxonadan bugungi kunda 12 tasi bilan elektron kooperatsiya portali orqali qiymati 209,9 mlrd. so‘mlik mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar rasmiylashtirildi, shu jumladan, shartnoma shartlariga muvofiq 158,9 mlrd. so‘m pul mablag‘lari mahalliy ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’ektlari hisob raqamiga o‘tkazib berildi va ushbu korxonalar tomonidan qiymati 84,9 mlrd. so‘mlik mahsulotlar “Navoiyuran” DKga yetkazib berildi.

Shuningdek, Davlatimiz Rahbarining 2025 yil 22 yanvardagi “Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 20-son Qarorining 3-ilovasida “Navoiyuran” DK 2025 yilda qiymati 292,6 mlrd so‘mlik elektrotexnika mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar va ularning rasmiy dillerlari hamda distribyutorlari orqali xarid qilinishi belgilangan.

Mazkur qarorda belgilangan topshiriqlar ijrosini so‘zsiz bajarish maqsadida, korxonamiz tomonida o‘tgan olti oy davomida elektrotexnika mahsulotlari uchun new.cooperation.uz savdo platformasida qiymati 275,0 mlrd so‘mlik shartnomalar rasmiylashtirildi. “Navoiyuran” davlat korxonasiga 208,3 mlrd so‘mlik elektrotexnika mahsulotlari yetkazib berildi.

Sanoat yarmarkasi.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumat komissiyasining 2024 yil 11 noyabrdagi “2025 yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va yuqori darajada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 49-sonli bayoniga muvofiq Jizzax, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida o‘tkazilgan hududiy sanoat yarmarkalarida korxonamiz ma’sul xodimlari faol ishtirok etib, yarmarka doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan umumiy qiymati 235,1 mlrd so‘mlik 227 ta hamkorlik shartnomalari tuzildi. Ushbu shartnomalar ijrosi ta’minlanmoqda.

E’tiboringiz uchun raxmat!

Sahifalar

Category

Skip to content