2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Xalqaro anjuman doirasida uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

“Navoiyuran” DK Investitsiyalar bo‘yicha boshqaruvchi direktori X.Meliyev va Atom energiyasi boʻyicha Xalqaro Agentlik (MAGATE – IAEA) rahbarining Xalqaro uran zaxiralari va ishlab chiqarish sanoati bo’yicha o’rinbosari Doktor Adrienne Hanly bilan ikki tomonlama hamkorlik doirasida uchrashuv o‘tkazildi.

Unda “Navoiyuran” DKning global miqyosda faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ma’lumki, korxona tabiiy uranni yer osti ishqorlash yo‘li bilan (ISR) qazib olish bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ushbu texnologiya asosida boshqa davlatlarda uran qazib olish bo‘yicha hukumatlar, kompaniyalar bilan o‘zaro aloqa o‘rnatish va hamkorlik qilish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.

“Navoiyuran” DK oxirgi uch yilda investitsiya jalb qilishga ehtiyoji mavjud korxonadan xorijga texnologiyalar bo’yicha investitsiya kiritishga tayyor va bu yo‘nalishda aniq strategiyaga ega korxonaga aylandi. Korxona bosh direktori boshchiligida ushbu sohada keng ko’lamli va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, joriy yilda korxona o‘z imkoniyatlari va salohiyatini xalqaro tashkilotlar, konferensiyalarda muvaffaqiyatli taqdim etmoqda.

Xususan, ilk bor joriy yil 1-4 iyun kunlari Avstraliyaning Sidney shahrida o‘tkazilgan WNFM yadro yoqilg‘isi savdosi bo’yicha yillik hisobot konferensiyasi va 2-5 sentyabr kunlari Londonda o‘tkazilgan Jahon yadro assotsiatsiyasi 50- yubiley simpoziumida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Korxona Mongoliya, Tojikiston, Avstraliya, Iordaniya, Indoneziya kabi mamlakatlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha huquqiy-tashkiliy choralarni amalga oshirmoqda.

Leave A Comment

All fields marked with an asterisk (*) are required

Sahifalar

Category

Skip to content