Samarqandda “Qumtoshli turdagi uran konlarini izlash va qazib olishdagi yutuqlar hamda innovatsiyalar” mavzusida xalqaro texnik yig‘ilish boshlandi
Bugun, 13-oktyabr kuni Samarqand shahrida Atom energiyasi boʻyicha Xalqaro Agentlik (MAGATE), Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda “Navoiyuran” davlat korxonasi hamkorligida “Qumtoshli turdagi uran konlarini izlash va qazib olish sohasidagi yutuqlar va innovatsiyalar” mavzusida xalqaro texnik yig‘ilish ish boshladi.
Yig‘ilishning ochilish marosimida vazir o’rinbosari Ural Yusupov so’zga chiqdi va tadbir ishtirokchilariga o’zaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, “Navoiyuran” davlat korxonasi vakili korxona faoliyatiga bag’ishlangan taqdimot bilan ishtirok etdi.
Dastur doirasida MAGATE vakillari “Navoiyuran” davlat korxonasiga tashrif buyurib, Navoiy viloyatida qumtoshli turdagi uran konlariga qaratilgan o‘quv seminarini o‘tkazishlari hamda korxona faoliyati bilan tanishish ko‘zda tutilgan. Ushbu nufuzli xalqaro tadbir joriy yilning 17-oktyabriga qadar davom etishi rejalashtirilgan.








