2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Hurmatli hamkasblar, aziz yurtdoshlar!

Siz, azizlarni “Navoiyuran” davlat korxonasi jamoasi nomidan 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etaman!

Ona tili — Vatanga muhabbat, milliy iftixor va ajdodlar merosiga chuqur hurmat ramzidir. Shu bilan birga, u avlodlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlaydigan ma’naviy ko‘prik, xalqning ruhi va qalbi ifodasidir.

Til — millatning g‘ururi va mustaqillik timsoli. Til orqali xalq o‘z tarixini, madaniyatini va kelajak sari intilishini namoyon etadi. O‘zbek tili ana shunday buyuk qudratga ega bo‘lib, u nafaqat yurtimizda, balki jahon hamjamiyatida ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda.

Mamlakatimiz rahbari tomonidan 21-oktyabrning “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilinishi — bu bizning milliy o‘zligimiz, madaniy taraqqiyotimiz va yangi O‘zbekistonning yuksak ma’naviyatga tayanayotgan yangi tarixini ifoda etadi.

Har birimiz ona tilimizni asrab-avaylash, uning nufuzini oshirish va yosh avlod qalbiga muhabbat sifatida singdirish orqali o‘z milliy burchimizga hissa qo‘shamiz.
Shu ulug‘ va qutlug‘ ayyomda sizlarni yana bir bor samimiy tabriklayman.

Bayram muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
“Navoiyuran” davlat korxonasi Bosh direktori Djamal Fayzullayev

Leave A Comment

All fields marked with an asterisk (*) are required

Sahifalar

Category

Skip to content