2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Strategik rejalashtirish va investitsiya jarayonlarida korrupsiyani kamaytirish – raqamlashtirish orqali

So‘ngi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusi iqtisodiyotning barcha sohalarida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, strategik rejalashtirish va investitsiya jarayonlarida bu masala alohida muhimdir. Davlat korxonalari, jumladan, “Navoiyuran” DK uchun qarorlar qabul qilishdagi shaffoflik masalasi asosiy o‘rinda turadi: bu bevosita resurslardan samarali foydalanish, investitsiyalarni jalb etish hamda jamiyat va xalqaro hamkorlarning ishonchiga ta’sir qiladi.

Yirik sanoat korxonalarida strategik rejalashtirish jarayonlari odatda korrupsion ta’sir xavfi bilan bog‘liq bo‘ladi. Investitsiyalarni taqsimlash, ustuvor loyihalarni tanlash, pudratchilar va yetkazib beruvchilarni belgilash bosqichida subyektiv yondashuv uchun imkoniyat tug‘iladi. Bunday omillar rivojlanishni sekinlashtirishi, bozor ishtirokchilari uchun teng bo‘lmagan sharoitlar yaratishi va rejalashtirish samaradorligini pasaytirishi mumkin.

Ammo so‘nggi yillarda “Navoiyuran”da inson omilini va shunga mos ravishda korrupsiya xavfini minimallashtiruvchi raqamli texnologiyalar faol joriy etilmoqda, shu jumladan:

  1. Elektron tender platformalari — xaridlar va pudrat ishlarini ochiq tanlov asosida o‘tkazish imkonini beradi. Tenderning barcha bosqichlari raqamli tizimda qayd etiladi, bu esa “inson omili” imkonini kamaytiradi.
  2. Avtomatlashtirilgan hisob va rejalashtirish tizimlari — “Navoiyuran”da ishlab chiqarish quvvatlari, investitsiya oqimlari va bo‘linmalar ehtiyojlarini birlashtiruvchi platformalar joriy etilmoqda.
    Bu strategik qarorlarning shaffofligi va asoslanganligini ta’minlaydi.
  3. Elektron hujjat aylanishi tizimi — investitsiya loyihalarini amalga oshirish, loyihalar doirasida shartnomalar rasmiylashtirish va moliyalashtirish jarayonlari onlayn amalga oshirilmoqda. Bu ko‘rib chiqish muddatlarini, ortiqcha xujjatlarni rasmiylashtirishni qisqartiradi va “norasmiy kelishuvlar”ni oldini oladi.
  4. Geoinformatsion tizimlar (GIS) va raqamli modellashtirish — konlarni o‘zlashtirishni prognoz qilish va investitsiyalarning samaradorligini hisoblashda qo‘llaniladi. Bunda asosiy rolni subyektiv fikr emas, balki matematik algoritm bajaradi.

Korrupsiyani kamaytirishga oid aniq misol sifatida korxonaning “Zafarobod” kon boshqarmasining 1-GTQ geotexnologik konidagi mahsuldor eritmalarni qayta ishlash uchastkasining ventilatsiya tizimini qayta qurish va asosiy ta’mirlash ishlari jarayonida elektron hujjat aylanishi tizimdan foydalanildi. Shu orqali katta hajmdagi hujjatlarini “qo‘lda” kelishish zarurati bartaraf etildi, investitsiya qarorlarini tasdiqlash tezlashtirildi hamda pudratchilarni tanlash to‘liq shaffof tarzda elektron tender tizimi orqali amalga oshirildi. Bunday yondashuv nafaqat loyiha muddatlarini qisqartirdi, balki mablag‘larni taqsimlashdagi subyektiv ta’sir xavfini ham keskin kamaytirdi.

Strategik rejalashtirishda korrupsiya xavfini yanada kamaytirish uchun “Navoiyuran”da qo‘shimcha raqamli vositalarni joriy etish mumkin:

  • Sun’iy intellekt — katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish va prognozlarni shakllantirish uchun. Bu ustuvor loyihalarni tanlashda subyektiv omillarni yo‘q qiladi.
  • “Ochiq investitsiyalar” raqamli platformasi — jamoatchilik va potensial hamkorlar uchun investitsiya dasturlarining asosiy parametrlari (muddati, qiymati, ijrochilari) bo‘yicha ochiq onlayn ma’lumotlar. Bu nafaqat korrupsiya xavfini kamaytiradi, balki xalqaro investorlar ishonchini ham oshiradi.
  • Xodimlar va pudratchilar uchun mobil ilovalar — har bir ishtirokchi hujjatlar, arizalar va tenderlarning holatini real vaqt rejimida kuzatishi uchun.

Raqamlashtirish – bu nafaqat ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishda balkim strategik rejalashtirish va investitsiya jarayonlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda ham xizmat qilmoqda. “Qo‘lda boshqaruv” va noaniq kelishuvlar imkoniyatlari kamaymoqda, natijada korxonaning samaradorligi va barqarorligi oshmoqda.

Yangi raqamli texnologiya va yechimlarni joriy etish hisobiga, korxonada  strategik rivojlanish va investitsiyalarni rejalashtirishni butunlay yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradi.

Strategik rivojlanish va Investitsiyalarni

rejalashtirish departamenti boshlig’i                                   L.Z. Erkinov

Sahifalar

Category

Skip to content