2025-yil davomida ijro intizomini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar
“Navoiyuran” davlat korxonasi Hujjatlar ijrosini nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati boshlig‘i Nargiza Kenjayeva brifingida ishtirok etdi hamda korxonada qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish hamda “Ijro.gov.uz” elektron tizimidagi 2025-yil yakunlariga ko‘ra topshiriqlarning ijro holati bo‘yicha ma’lumot berdi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117-sonli Farmoni hamda 2021-yil 31-maydagi «Ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5132-sonli qaroriga muvofiq,ijro intizomini yanada mustahkamlash va 2025-yildagi ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlarning kunbay tahlili tasdiqlangan taqvim rejalar asosida tizimli ravishda olib borilayotganini ta’kidladi.
Ma’lumot berilganidek, 2025-yil yakunlariga ko‘ra korxonaga belgilangan barcha topshiriqlar (100%) ijrosi to‘liq ta’minlandi (muddati o‘tgan topshiriqlar mavjud emas).
Xususan, hisobot davr mobaynida respublikaning“ijro.gov.uz”elektron tizimida “Navoiyuran” DK mas’ul etib belgilangan topshiriqlar soni jami 395 tani tashkil etib, shundan muddati yetib kelgan 309 ta (100%) topshiriq bajarilgan hamda nazoratdan yechilishi ta’minlangan.
Korxonaning “ijro.navoiyuran.uz” ichki tizimiga Boshqarmaning
310 nafar hamda tarkibiy bo‘linmalarning 928 nafar rahbar va xodimlari to‘liq ulangan bo‘lib, korxonada tizimli ravishda hujjatlar ijrosi bo‘yicha nazorat o‘rnatilgan.
Korxonaning “ijro.navoiyuran.uz” elektron tizimi orqali jami yuqori turuvchi tashkilotlarining 2000 dan ortiq topshiriqlari ijrosi ta’minlandi. Bundan tashqari, korxona rahbariyatining ichki buyruq hamda farmoyishlari soni 480 tani tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Administratsiya rahbari hujjatlarida hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sababli,
9 nafar rahbarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.
Shuningdek, hujjatlar ijrosida har bir rahbar-xodimning mas’uliyatini oshirish maqsadida, rahbariyat nomiga 12 ta bildirgi kiritildi hamda tegishli mas’ul ijrochilarga 40 ta ogohlantirish xatlari yuborildi.
Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish maqsadida, “ijro.gov.uz” elektron tizimidagi topshiriqlarning amalga oshirish mexanizmlarini muhokama etish yuzasidan hisobot davri mobaynida
har xafta yig‘ilishlar o‘tkazildi va 21 ta bayonnomalar tasdiqlandi.
2026-yildagi ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash hamda tizimli ravishda qonunchilik hujjatlari ijrosida nazoratni kuchaytirish maqsadida, qo‘yidagi ishlar amalga oshirilishi belgilandi:
– Korxona rahbariyati topshiriqlari bajarilishida nazoratni yanada kuchaytirish maqsadida, joylardagi ijro intizomi monitoringi natijalari yuzasidan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan taqdim etiladigan hisobotlar shakli yangilangan bo‘lib, taqdim etish va himoya qilish jarayoni yangi tartib asosida olib borilishi;
– «Navoiyuran» davlat korxonasining tarkibiy bo‘linmalarida ish yuritish hamda ijro intizomiga oid, shuningdek, “ijro.navoiyuran.uz” tizimidagi ishlar holatini 2026-yilda kompleks o‘rganish jadvali tasdiqlanib, korxonaning 10 ta tarkibiy bo‘linmalrida ishlar holati joylarga chiqib o‘rganilishi;
– Ushbu soha vakillarining bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida, tarkibiy bo‘linmalardagi mas’ul xodimlar uchun alohida dastur asosida malaka oshirish amaliyotlari tashkil etilishi rejalashtirildi.
Shu va boshqa istiqboldagi tegishli ishlar, Hujjatlar ijrosini nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatining 2026-yilga mo‘ljallangan shaxsiy ish rejasiga kiritildi.