2026-yil - Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

“Navoiyuran” davlat korxonasi “Qizilqoq” konida tabiiy uranni sanoat miqyosida qazib olishni boshladi

Qizilqoq konining “Navoiyuran”ning yillik qazib olish hajmidagi ulushi yiliga 1,2 ming tonnani tashkil etadi

Dunyodagi eng yirik uran qazib oluvchi kompaniyalardan biri hamda tabiiy uran ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha yetakchilardan biri bo‘lgan “Navoiyuran” O‘zbekiston Respublikasining Navoiy viloyatida joylashgan Qizilqoq konida qazib olish ishlarining boshlanganini e’lon qiladi.

Qizilqoq konining asosiy ko‘rsatkichlari1:

  • Mineral resurslar hajmi: qariyb 10,9 ming tonna uran
  • Uran zaxiralari: 9,4 ming tonna
  • Qazib olishning taxminiy davomiyligi: 15 yil

Qizilqoq koni “Navoiyuran”-ning barcha konlari orasida Sug‘rali (zaxiralari 20,8 ming tonna) va Uchquduq (zaxiralari 14,8 ming tonna) konlaridan keyin uchinchi yirik kon hisoblanadi hamda shimoliy yo‘nalishda yanada kengayish istiqbollariga ega. Qizilqoq konini o‘zlashtirish yer ostida eritib olish (ISL) texnologiyasining mini-reaktiv usuli asosida amalga oshiriladi, bunda oksidlovchi sifatida gazsimon kisloroddan foydalaniladi. Mazkur texnologiya “Navoiyuran”-da faol rivojlantirilmoqda va uning qo‘llanilishi uranni ajratib olish darajasini oshirish hamda qazib olish tannarxini 2–3 barobarga kamaytirishni ta’minlaydi. Xalqaro atom energiyasi agentligi (МАГАТЭ) ISL texnologiyasini an’anaviy qazib olish va qayta ishlash usullariga nisbatan ekologik hamda sanoat jihatidan ustunliklarga ega deb baholaydi. Shu bilan birga, kompaniya qo‘llanilayotgan ISL usulini sohada mavjud texnologiyalar orasida atrof-muhitga eng kam ta’sir ko‘rsatadigan usul deb hisoblaydi.

“Kon hududida tajriba-sanoat ishlari 2024-yil dekabr oyida boshlangan bo‘lib, ikki yil davom etgan faol ishlar natijasida kompaniya sanoat miqyosidagi ishlab chiqarish bosqichiga chiqishga erishdi. Konning ishga tushirilishi kompaniyaning ishlab chiqarishni kengaytirish va mineral-xomashyo bazasini mustahkamlashga qaratilgan strategiyasini amalga oshirishdagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi, bu esa O‘zbekistonning 2030-yilgacha uran qazib olish va qayta ishlash hajmlarini oshirish bo‘yicha davlat dasturiga mos keladi.

2025-yil yakunlariga ko‘ra, Navoiyuran tomonidan 7 000 tonna tabiiy uran ishlab chiqarildi. Prognoz qilinayotgan qazib olish muddati 15 yil va yiliga 1,2 ming tonna uran ishlab chiqarish quvvatiga ega Qizilqoq koni kelgusida ishlab chiqarish hajmlarini oshirish hamda hududiy iqtisodiy rivojlanishga muhim hissa qo‘shadi.” – deb ta’kidladi “Navoiyuran” bosh direktori Fayzullayev Djamal Sabaxonovich.

1 – dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, JORC kodeksiga muvofiq, 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra

  • Kompaniya haqida

“Navoiyuran” dunyodagi eng yirik uran qazib oluvchi kompaniyalardan biri hamda tabiiy uran ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Korxona O‘zbekiston Respublikasining Navoiy viloyatida joylashgan. Kompaniya uran qazib olish hajmi bo‘yicha dunyoda 6-o‘rinni egallaydi, 43 ta uran konini boshqaradi hamda 151,1 ming tonna uran resurs bazasiga ega, shundan 96,6 ming tonnasi JORC standarti asosida tasdiqlangan zaxiralardir. Kompaniya har yili qazib olish hajmlarini oshirib boradi va xomashyo bazasini izchil kengaytirib kelmoqda.

“Navoiyuran” O‘zbekistonning tog‘-kon sanoatida va yadro yoqilg‘isi global ta’minot zanjirida strategik ahamiyatga ega bo‘lib, barqaror uran ishlab chiqarishni ta’minlaydi hamda mamlakatning ushbu bozordagi yetakchi pozitsiyalarini mustahkamlaydi.

  • Qizilqoq

Qizilqoq maydoni Markaziy Qizilqumning sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, shimolda Tomditog‘, janubi-sharqda Aristantog‘ va janubda Amantog‘ tog‘ massivlari bilan chegaralangan.

Qizilqoq istiqbolli maydoni to‘rtta uchastkani o‘z ichiga oladi: Amantog‘ (shimoli-g‘arbiy qism), Myutenbay (shimoli-sharqiy qism), Qizilqoq (janubi-sharqiy qism) va Janubiy (janubiy qism).

Loyiha doirasida barcha mazkur uchastkalar yagona “Qizilqoq” istiqbolli maydoniga birlashtirilgan.

Aloqa uchun:

Hudson Sandler nu@hudsonsandler.com

Sahifalar

Category

Skip to content