2026-yil - Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

“SAVODXON TASHKILOT — SAVODLI JAMIYAT” “Navoiyuran” DKda ommaviy diktant o‘tkazildi

Til — millatning ma’naviy qiyofasi, tarixiy xotirasi va bebaho boyligidir. Uni asrab-avaylash, sofligini saqlash, zamon talablari asosida boyitib borish hamda kundalik hayotda, xususan, rasmiy ish yuritish jarayonida to‘g‘ri va samarali qo‘llash har birimizdan mas’uliyat talab etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida davlat tilining sofligini saqlash, lug‘at boyligini oshirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini yuksaltirish hamda davlat tilida ish yuritish madaniyatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Ushbu tashabbus ijrosi doirasida bugun “Navoiyuran” davlat korxonasi ishchi-xodimlari o‘rtasida “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant o‘tkazildi. Tadbir Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari Husniddin Suyunov hamda uslubchi Charos Rahmatova tomonidan o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi xodimlarning o‘zbek tilidagi yozma nutq savodxonligini oshirish, imlo qoidalari va adabiy til me’yorlariga rioya etish ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, davlat tilida ish yuritish madaniyatini yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Diktant jarayonida ishtirokchilar o‘zbek tilining imlo me’yorlari, so‘z va iboralarning to‘g‘ri yozilishi, tinish belgilaridan o‘rinli foydalanish hamda adabiy til qoidalariga amal qilish borasidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Bunday tadbirlar xodimlarning yozma savodxonligini baholash, kundalik xizmat faoliyatida rasmiy hujjatlarni davlat tilida aniq, ravon va imloviy jihatdan to‘g‘ri rasmiylashtirish ko‘nikmalarini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

Ona tilimizga hurmat — uning sofligini asrashdan, savodli yozishdan va davlat tilining nufuzini amalda yuksaltirishdan boshlanadi.

Sahifalar

Category

Skip to content