2026-yil - Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

“Navoiyuran” — O‘zbekiston korporativ mini-futbol ligasi bronza medali sohibi!

O‘zbekiston korporativ mini-futbol ligasining 2026-yilgi mavsumi yakunlandi.

Mamlakatimizning 16 ta korxona va tashkiloti jamoalari ishtirok etgan musobaqada “Navoiyuran” davlat korxonasi jamoasi 38 ochko bilan faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.

Mavsum davomida jamoamiz 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta g‘alaba va 2 ta durang qayd etdi, bor-yo‘g‘i 1 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. Futbolchilarimiz raqiblar darvozasiga 93 ta gol urib, o‘z darvozalaridan 19 ta gol o‘tkazib yubordi.

Mavsum yakunlariga ko‘ra, INFINBANK jamoasi 43 ochko bilan birinchi, Milliy bank (NBU) jamoasi esa 39 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. G‘olib va sovrindorlar tegishli ravishda 50 million, 30 million va 20 million so‘mlik pul mukofotlari hamda oltin, kumush va bronza medallari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, mavsumning eng yaxshi futbolchilari alohida nominatsiyalar bo‘yicha e’tirof etildi. “Navoiyuran” jamoasi darvozaboni Chingiz Aliyev “Eng yaxshi darvozabon” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.

“Navoiyuran” jamoasini mavsumdagi munosib natija bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda yangi zafarlar tilaymiz!

Sahifalar

Category

Skip to content