X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Boshqaruv yondashuvi

“Navoiyuran” DK inson resurslarini doimiy rivojlantirish va kadrlar boshqaruvi jarayonlarini takomillashtirishga intiladi.

Yaxshi boshqaruv va iste’dodlarni rivojlantirishga ustuvorlik berib, Kompaniya bir necha asosiy maqsadlarni amalga oshirishga intiladi:

  • Bizning xodimlarimizning xavfsizligi va farovonligini ta’minlash;
  • Eng yaxshi mutaxassislarni jalb qilish va saqlab qolish;
  • Doimiy ta’lim va rivojlanish, shu jumladan, o‘quv dasturlariga, mentorlik tashabbuslariga va rahbarlik qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlariga investitsiya qilish.

“Navoiyuran” davlat korxonasining 2022-yil 5-yanvarda qabul qilingan kadrlar bo‘limi nizomi va tashkilot tuzilmasiga muvofiq, Kadrlar bo‘limi Kompaniyaning funktsional bo‘limi hisoblanadi va xodimlarni tanlash va ishga olish, xodimlarni moslashtirish, ta’lim va rivojlantirish, mehnat qonunchiligi talablariga rioya qilish, shuningdek, ish joyida ijobiy madaniyatni shakllantirish kabi funksiyalarni bajaradi. Kadrlar bo‘limida jami 7 kishi, shu jumladan bo‘lim boshlig‘i faoliyat yuritadi, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xodimlar bilan ishlash Departamenti direktoriga bo‘ysunadi.

Nizomga muvofiq, Kadrlar bo‘limi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan:

  • Kompaniya kadrlar siyosati va strategiyasini, shuningdek boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish va yangilash;
  • Bozordagi talabni o‘rganish va xodimlarni ta’lim olish talablarini hisobga olgan holda joriy xodimlar ehtiyojini va ularni qondirish manbalarini prognoz qilish;
  • Xodimlarni ishga olish va mehnat shartnomalarini bekor qilish;
  • Mehnat intizomini mustahkamlash, kadrlar qo‘nimsizligining oldini olish, ish vaqtidan samarasiz foyfalanish va boshqa ichki normativ hujjatlar bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish, ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • Kompaniya bo‘limlarida mehnat intizomini va xodimlarning ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish;
  • Xodimlarning mehnat va pensiya qonunchiligi talablariga muvofiq huquqlari, imtiyozlari va kafolatlarini ta’minlash.

2022-yil noyabrdan boshlab, “Navoiyuran” DKning raqamli transformatsiyasi, shuningdek, Rivojlanish strategiyasi va operatsion samaradorligini oshirish dasturini ishlab chiqish doirasida xodimlarni attestatsiya qilish tizimi joriy etildi. Buning doirasida, boshqaruv xodimlarining qobiliyatlarini rivojlantirish va kompaniyaning zamonaviy tashkilot tuzilmasini ishlab chiqish uchun ichki dastur yaratildi. Shuningdek, kadrlar boshqaruvi va attestatsiya tizimlarini joriy etish uchun alohida guruh tashkil etildi. Bu orqali kadrlar bo‘limini modernizatsiya qilish va uning uzoq muddatli samarali ishlashini ta’minlash maqsad qilindi.

Sahifalar

Category

Skip to content