Korxona zaxiralari o‘sib bormoqda
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari Davlat komissiyasi kengashida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda “Navoiyuran” davlat korxonasi “Uran va noyob metallar geologiyasi” Iilmiy-ishlab chiqarish markazi mutaxassislari tomonidan olib borilgan geologiya-qidiruv ishlari natijasi bo‘yicha tuzilgan yakuniy geologik hisobotlar muhokama etildi.
Xususan, Jongeldi maydonining janubiy-sharqiy qismi, Shimoliy Bukinoy koni hamda Oqtov maydoni bo‘yicha komissiya a’zolari o‘zlarining xulosalarini berishdi.
Muhokamalar jarayonida hisobot mas’ul ijrochilari tomonidan ma’ruza va taqdimotlar tayyorlanib, amalga oshirilgan geologiya-qidiruv ishari himoya qilindi.
Yakunda Foydali qazilmalar zaxiralari Davlat komissiyasi kengashi tomonidan yakuniy hisobotlar ijobiy qabul qilindi hamda mazkur 3 ta kon zaxiralari sanoatda o‘zlashtirish uchun tasdiqlandi.
Shu bilan birga “Aulbek” maydoni bo’yicha tuzilgan yakuniy geologik hisobot “Navoiyuran” DK Ilmiy-texnik kengashida muhokama qilinib, Tog’-kon sanoati va geologiya vazirligi Ilmiy-texnik kengashida muhokama qilish va Davlat zaxiralar komissiyasida tasdiqlash uchun taqdim etildi.