2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

UzNIF Investor Day 2025: xalqaro investorlar bilan ochiq muloqot va yangi investitsiya imkoniyatlari muhokamasi

Joriy yilning 23-24 oktyabr kunlari Toshkent shahridagi InterContinental mehmonxonasida “UzNIF Investor Day 2025” forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi hamda Franklin Templeton kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — xalqaro investorlar bilan ochiq muloqot maydoni yaratish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, shuningdek, energetika va sanoat sohalaridagi yirik davlat korxonalarining faoliyati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Forum doirasida “Navoiyuran” davlat korxonasi, yevrobondlar emitenti sifatida, 2025 yilning yarim yillik moliyaviy natijalarini, yil yakuni kutilmalari va investitsiyaviy yo‘nalishlar to‘g‘risida yevrobond investorlariga taqdimot o‘tkazdi.

Tadbirda Sentinel Capital Management, ABFA Investments, ALKES, Bluestone Investment Bank, STJ, Fiera, Jefferies, ADCB, ODDO BHF, RBI, Wood & Co., Auerbach Grayson, Ashmore, Croatian Pension Investment Company, ERLS Consulting, Redwheel, Helikon, Trigon AM, AFC, CEC Partners, ICM IM kabi nufuzli xalqaro investitsiya kompaniyalari va moliya institutlari ishtirok etdi.

Investorlar bilan ochiq suhbat jarayonida ishlab chiqarish hajmlari, narx siyosati, logistika yo‘nalishlari, dividend siyosati hamda korxonaning istiqboldagi rejalari muhokama qilindi.

Sahifalar

Category

Skip to content