2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

“Navoiyuran” davlat korxonasida risklarni boshqarish bo‘yicha treninglar o‘tkazildi

“Navoiyuran” davlat korxonasida xavflarni boshqarish sohasini takomillashtirish maqsadida uchta amaliy trening tashkil etildi. Tadbirlarda departament direktorlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirok etib, jami 35 nafar rahbar xodim qamrab olindi.

Treninglar davomida ishtirokchilar xavf-menejment tizimining asosiy tamoyillari bilan tanishdilar. Shuningdek, xavflarni boshqarish jarayonida ishtirok etuvchi barcha bo‘g‘inlarning roli va mas’uliyati muhokama qilindi. Dastur doirasida xavflarni aniqlash va baholash usullari, xavf omillari hamda imkoniyatlarni belgilash, ularni samarali boshqarish va javobgarlik mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Treninglar yakunida ishtirokchilar o‘zining ijobiy fikrlarini bildirib, bunday mashg‘ulotlar kompaniya faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar. Ularga ko‘ra, xavflarni boshqarish madaniyatini rivojlantirish nafaqat rahbariyat, balki butun jamoa o‘rtasida hamkorlik va o‘zaro ishonch muhitini mustahkamlaydi.

Shuningdek, keyingi bosqichda xavflarni aniqlash, baholash va ularni boshqarish vositalarini har bir yo‘nalish bo‘yicha amaliyotga joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha sessiyalar o‘tkazish rejalashtirilgan.

“Navoiyuran” davlat korxonasida xavf-menejment madaniyatini rivojlantirish bir qator ustunliklarni ta’minlaydi. Jumladan, u kapital bozorlariga chiqish va kredit reytingini oshirish imkonini yaratadi, aksiyadorlar, hamkorlar va kreditorlar ishonchini mustahkamlaydi, muhim qarorlar hamda investitsiya loyihalarini qabul qilishda xavflarni inobatga olishni ta’minlaydi. Shu bilan birga, xalqaro va milliy standartlarga muvofiqlikni kuchaytiradi, kompaniyaning moliyaviy barqarorligini oshiradi hamda strategik, operatsion, ishlab chiqarish, iqlimiy va moliyaviy xavflarni samarali boshqarish imkonini beradi.

Bu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish “Navoiyuran” davlat korxonasining barqaror rivojlanish strategiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Sahifalar

Category

Skip to content