2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

“Navoiyuran” davlat korxonasi kredit reytingi yana bir pog‘onaga ko‘tarildi

Xalqaro reyting agentligi S&P Global Ratings “Navoiyuran” davlat korxonasining uzoq muddatli kredit reyting (long-term issuer credit rating) prognoz ko‘rsatkichini “barqaror” (Outlook Stable)dan “ijobiy (Outlook Positive)ga ko‘tarildi.

S&P agentligining BB-/positive reytingi «Navoiyuran» davlat korxonasida olib borilayotgan transformatsiya yo‘nalishlari to‘g‘riligi, korxona iqtisodiy-moliyaviy holati barqarorligini, ishlab chiqarish tannarxi pastligi va uran ishlab chiqarish xajmlari yillar davomida o‘sib borayotganligini hamda jahondagi uran ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar bilan ijobiy hamkorlik olib borilayotganligini bildiradi.

Reyting agentligining kutilmasiga ko‘ra, EBITDA 2025-yil yakunlari bilan sezilarli darajada o‘sishi kutilmoqda. Shu bilan birga, strategik sherikliklar va qo‘shma korxonalar orqali xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi va daromadning barqaror o‘sishi kutilmoqda.

S&P Global Ratings hisob-kitobi bo‘yicha yevroobligatsiyalar va kreditlar orqali qo‘shimcha mablag‘lar jalb qilingani hisobga olganda ham, qarz yukining EBITDAga nisbati(Leverage) ko‘rsatkichi 1 barobardan past. Shu bilan birga, mazkur ko‘rsatikich 2022-yildan buyon “Navoiyuran” DK qarz yukini past dajada saqlab kelmoqda.

“Yangilangan prognoz bizning ishlab chiqarish va moliyaviy barqarorlik strategiyalarimiz to‘g‘ri yo‘nalishda ekanligiini tasdiqlaydi. Bu biz uchun faqat tashqi baho emas, balki korxona davlatning uzoq muddatli manfaatlarini hisobga olgan holda izchil va rejalashtirilgan yo‘l bilan harakatlanayotganini ko‘rsatadi», — deb ta’kidladi “Navoiyuran” davlat korxonasi bosh direktori Jamol Fayzullayev.

Shu bilan birga, S&P agentligi kelgusi yilda korxona kredit reytingini yana ko‘tarishini bildirib, bunda korxona daromadlik darajasini saqlash, ishlab chiqarish prognoz ko‘rsatkichlari bajarish hamda operatsion pul oqimining (FFO) qarzga nisbati 60%dan yuqori bo‘lishi talab etiladi.

Manba https://www.spglobal.com/ratings/en/regulatory/article/-/view/type/HTML/id/3490748

Sahifalar

Category

Skip to content