2026-yil - Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

“Navoiyuran”da I chorak yakunlari va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

“Navoiyuran” davlat korxonasida Bosh direktor Djamal Fayzullayev rahbarligida 2026-yil I choragi yakunlari hamda uran ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari ijrosiga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda Bosh direktor o‘rinbosarlari, direktorlar, departament, boshqarma, bo‘lim va xizmat rahbarlari, shuningdek tarkibiy bo‘linmalar mas’ullari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda korxonaning hisobot davridagi faoliyati aniq ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilinib, erishilgan natijalar bilan bir qatorda mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmagan jihatlar tanqidiy muhokama qilindi. Korxona rahbari uran mahsulotining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi strategik ahamiyatini alohida ta’kidladi.

Hisobot davrida uran ishlab chiqarish, geologiya-qidiruv ishlarini rivojlantirish, yangi konlarni aniqlash va zaxiralarni oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar ijobiy baholandi. Bosh muhandis Anvarjon Saparov tomonidan ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi.

Muhokamalar davomida uskunalar va texnik vositalarni o‘z vaqtida yetkazib berishni ta’minlash, tejamkor ishlab chiqarish va me’yorlash tamoyillarini joriy etish, resurslardan foydalanishda suiiste’molchilikka yo‘l qo‘ymaslik uchun ichki nazorat va komplayens tizimini kuchaytirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali ishlab chiqarish jarayonlarining har bir bosqichida faoliyat samaradorligini onlayn rejimda nazorat qilish va tahlil etish ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi.

Shuningdek, energiya resurslaridan oqilona foydalanish, infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, eritmalarni qayta ishlash uchastkalari quvvatlarini kengaytirish, mahsuldor eritmalarni qayta ishlash uchastkasini rekonstruksiya qilish ishlarini boshlash, so‘ruvchi quduqlar va burg‘ilash uskunalarini ekspluatatsiyaga jalb etish, qazib olish jarayonlari ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida ishlab chiqarish hajmini oshirish, texnologik quduqlar sifatini yaxshilash, geotexnologik konlar faoliyatini takomillashtirish, burg‘ilash va geologiya-qidiruv ishlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Yig‘ilishda tarkibiy bo‘linmalar va geotexnologik konlar rahbarlari ishlab chiqarishdagi ustuvor vazifalar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan choralar yuzasidan ma’lumot berishdi.

Yig‘ilish tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tdi, har bir rahbar va mutaxassis oldiga aniq, manzilli vazifalar qo‘yildi.

Ta’kidlanganidek, belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosi korxonaning 2026-yildagi barqaror faoliyatini ta’minlash hamda yillik maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Sahifalar

Category

Skip to content