FITCH RATINGS “NAVOIYURAN” DAVLAT KORXONASINING KREDIT REYTINGINI IJOBIYGA O‘ZGARTIRDI
- Xalqaro reyting agentligi Fitch Ratings “Navoiyuran” davlat korxonasining kredit reytingini “Barqaror”dan “Ijobiy”ga (Positive Outlook) o‘zgartirdi hamda korxonaning “BB” darajasidagi uzoq muddatli emitent defolt reytingini tasdiqladi.
- Fitch Ratings tomonidan kredit reyting “Ijobiy” darajaga o‘zgartirilishi korxonaning investitsion jozibadorligini oshirish, xalqaro moliya bozorlari bilan hamkorlikni kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
- Mazkur qaror korxonaning moliyaviy barqarorligi, strategik ahamiyati, uran bozoridagi mustahkam o‘rni hamda istiqboldagi rivojlanish salohiyatiga berilgan xalqaro baho hisoblanadi.
- Ushbu natija “Navoiyuran” davlat korxonasida amalga oshirilayotgan transformatsiya, samarali korporativ boshqaruv tizimi va barqaror rivojlanish strategiyasining xalqaro miqyosdagi e’tirofi sifatida baholanmoqda.