Traktorchi (“Zafarobod” kon boshqarmasi)
Manzil: Zarafshon shahri
Tel. raqam 79-507-58-84, 79-507-55-13
- Bo`sh ish o`rinlari soni: 1
- Ma`lumoti: O‘rta maxsus
- Bandlik shakli: Doimiy
- Talab etiladigan ish staji: Talab etilmaydi
- Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi
- Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): “Traktorchi” kasbi bo‘yicha tegishli guvohnomaga ega bo‘lgan hamda o‘quv muassasasida ushbu kasb bo‘yicha kasbiy tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli razryad uchun malaka imtihonini topshirgan, shuningdek tegishli razryaddagi kasb bo‘yicha malaka guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxs ishlashi mumkin.
- Lavozimga qo`yiladigan talablar: Quyidagilarni bilishi kerak: xizmat ko‘rsatiladigan traktorning ishlash prinsipi va tuzilishini; yo‘l harakati qoidalarini; turli xil yuklarni yuklash, joylash, osish va tushirish qoidalarini; tirkama moslamalar va qurilmalar bilan ishlarni bajarish qoidalarini; traktor ishida kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish usullarini; ishlatiladigan motor quvvatini va tirkama moslamalarning chegaraviy yuklamasini; tashilgan yuklarga yoki bajarilgan ishlarga qabul qilish-topshirish hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini; avtomobil transporti ko‘chma tarkibni texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari talablari; avtomobil va qishloq xo‘jaligi shinalaridan, akkumulyatorlar va shu kabilardan foydalanish bo‘yicha qoidalar va me’yorlar talablari; spidometr jihozini saqlash va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma talablari; o‘tkazish va ob’yekt ichki tartiboti, xizmat va tijorat sirlarini saqlash talablari; traktorni boshqarishda shunday usullarini qo‘llash kerakki, yo‘l harakati va ishlarni o‘tkazish xavfsizligi ta’minlasin; “Avtotransport vositalari yo‘l varaqasini qayd qilish, to‘ldirish va qayta ishlash va ko‘chma tarkib xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha ish vaqtini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” talablarini bajarish va ularga rioya qilish kerak.
- Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish
- Ish vaqti rejimi: Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: soat 08.00 dan 17.00 gacha; Ish jadvaliga muofiq
- Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi