Quduqlarni yer osti ta’mirlash bo‘yicha operator (Zafarobod kon boshqarmasi)
Manzil Zarafshon shahri 4-son GTK
Tel. raqam79-507-58-84, 507-55-13, 507-75-09
- Bo`sh ish o`rinlari soni:
- Ma`lumoti: O‘rta maxsus
- Bandlik shakli: Doimiy
- Talab etiladigan ish staji: Talab qilinmaydi
- Oylik ish haqi: Ish haqi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi
- Tegishli mutaxassisliklar (diplom bo`yicha): Kasbi bo‘yicha 5 va undan yuqori razryad hamda malakaviy guvohnoma
- Lavozimga qo`yiladigan talablar:
- Quyidagilarni bilishi shart: Geotexnologik quduqlarning, suv bilan ta’minlash quduqlarining va hokazolarning tuzilishini va ishlash tartibini, ularni qayta tiklash usullarini; yer ostining ishqorli yuvilishi va yerosti suvlari to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni, suvli gorizontlarning yotish sharoitlarini va tuzilishini; kimyoviy reagentlarning vazifasi va xususiyatlarini; qo‘llaniladigan uskuna va mashinalarning tuzilishini. Quduqlarni statsionar havo ta’minoti tizimidan beriladigan siqilgan havodan foydalangan holda, kislota bilan ishlov berish bilan, avtomobilni boshqarmasdan, boshqa o‘ziyurar mashinalardan foydalanmasdan ASP yordamida quduqlarga ishlov berish bilan quduqlarni ta’mirlash va tiklashda; yuqori malakali operator rahbarligida ishlab chiqarish chiqindilarini ko‘mish quduqlarini ta’mirlashda
- “B” yoki “S” toifalaridan biriga kiruvchi avtotransport vositalarining agregatlari, mexanizmlari va asboblarining vazifasi, tuzilishi, harakat prinsipi, ishlashini va ularga xizmat ko‘rsatishni; yo‘l harakati qoidalarini; harakat xavfsizligi asoslarini; avtotransport vositalaridan texnik foydalanish qoidalarini (haydovchilar bilan bog‘liq); avtotransport vositalarining asosiy ish ko‘rsatkichlarini, mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari va usullarini, avtotransport vositasidan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan nosozliklarning belgilari, sabablari, xavfli oqibatlarini, ularni aniqlash va bartaraf etish usullarini; avtotransport vositalariga va ochiq to‘xtash joylarida texnik xizmat ko‘rsatish hajmlari va tartibini
- Ish vazifalari: Lavozim yoʼriqnomasi bilan belgilangan talablarni bajarish
- Ish vaqti rejimi: Ish jadvaliga muofiq
- Xodimlar uchun qo`shimcha imtiyozlar: Jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan qo‘shimcha imtiyozlar beriladi