2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Korxonamizning fidoyi geologi — Umarjon Hamroyev

O‘zbekiston mustaqillik yillarida geologiya sohasi, ayniqsa uran konlarini izlash va qidirish yo‘nalishi izchil rivojlanib kelmoqda. Bu jarayonda yuksak bilim, tajriba va sadoqat bilan xizmat qilayotgan mutaxassislarimizdan biri — “Navoiyuran” davlat korxonasi “Uran va noyob metallar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi “Bukantog’” geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi bosh geologi, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” faxriy unvoni sohibi Umarjon Artiqovich Hamroyevdir.

Men Buxoro viloyatida tug‘ilganman. Bolaligimdan tabiat sirlariga qiziqib, shu yo‘nalishdagi bilimlarni izchil egalladim. Toshkent davlat texnika universitetida tahsil olgach, 2009-yildan “Bukantog’” ekspeditsiyasida mehnat faoliyatini boshladim va qisqa fursatda bosh geolog lavozimiga tayinlandim.

Mamlakatimizda yer osti boyliklarining ulkan zaxirasi mavjud. Xususan, uran — tabiiy boyliklaridan biri va iqtisodiy mustaqilligi uchun strategik xomashyo. Shu bois geolog har bir qatlamni sinchiklab o‘rganib, zamonaviy texnologiya va ilmiy tahlillardan samarali foydalanishi zarur. Men shu yo‘nalishda yigirmadan ortiq yirik loyihalarda ishtirok etdim. 2025-yilda davlat zaxirasi rejasi muvaffaqiyatli bajarilib, 10 ming tonnadan ziyod uran zaxirasi davlat balansiga topshirildi. Hozirda ikki qo‘shimcha va bir yangi loyiha ustida ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, Yaponiyaning “JOGMEC” kompaniyasi bilan qo‘shma qidiruv ishlari muvaffaqiyatli davom ettirilyapti.

Bu unvon shaxsiy mehnatimning emas, balki butun jamoaning birdamligi va sa’y-harakatlarining yuksak bahosidir. Chunki geologiya — jamoaviy mehnatni talab qiladigan soha, – deydi O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog U.Hamroyev

Xulosa qilib aytganda, Umarjon Hamroyev singari fidoyi mutaxassislar tufayli O‘zbekiston geologiyasi yangi marralarni zabt etmoqda. Ularning mehnati uran xomashyo bazasini kengaytirish, mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligi va energetika xavfsizligini ta’minlashda beqiyos ahamiyatga ega.

Sahifalar

Category

Skip to content