2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi

 “Navoiyuran” davlat korxonasida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi hamda 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi raisi Otabek Aslonov, “Do‘stlik bayrog‘i” va “Знамя дружбы” gazetalari tahririyati bosh muharriri Boboqand Umarov, “Tafakkur” yoshlar targ‘iboti markazi rahbari Jonibek Shuhratov hamda O‘zLiDeP Navoiy viloyat hududiy partiya tashkilotining Navoiy shahar bo‘limi apparat rahbari Muhammad Eshniyozovlar ishtirok etdilar.

Mehmonlar o‘z ma’ruzalarida o‘zbek tilining boy tarixi, uning adabiyot va she’riyatdagi o‘rni, shuningdek, tilni sofligicha asrab, keyingi avlodlarga yetkazishning ahamiyati haqida so‘z yuritdilar. Shu bilan birga, davlat tili maqomini mustahkamlashga qaratilgan Prezident farmon va Hukumat qarorlarining mazmun-mohiyati haqida ham ma’lumot berildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan mamlakatimizda ona tilining o‘rni va ahamiyatini oshirishga katta e’tibor qaratilayotgani, shuningdek, jamiyat taraqqiyotida ona tilining rivojlanishi, millatning bosh belgisi, davlat suverenitetining asosiy ramzi ekani qayd etildi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar milliy tilga bo‘lgan mehr, uning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada yuksaltirish yo‘lida hamjihatlik ruhida fikr almashdilar.

Sahifalar

Category

Skip to content