Korxona jamoasi uchun madaniy sayohatlar tashkil etildi
Dam olish kunlari “Navoiyuran” davlat korxonasi 6-Birlashgan kasaba uyushmasi Qo’mitasi tomonidan xodimlar uchun maroqli va mazmunli hordiq tashkil etildi.
80 nafardan ortiq muhandis va texnik xodimlar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha — tarix va madaniyat maskanlari bo‘lgan Samarqand va Buxoro shaharlariga sayohat uyushtirishdi.
Sayohat davomida ishtirokchilar qadimiy obidalar, me’moriy yodgorliklar hamda zamonaviy turistik maskanlar bilan yaqindan tanishib, boy tariximiz va milliy merosimizning go‘zalligidan bahramand bo‘lishdi.
Bunday tashabbuslar xodimlarning madaniy hordiq olishi, jamoa o‘rtasidagi do‘stlik va birdamlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

 
                                             
                                            