2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Bojxona yuklarini deklaratsiyalash va sertifikatlashtirishda elektron tizimlarning roli va imkoniyatlari

So‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotining jadal raqamlashuvi tashqi savdo jarayonlarida ham sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Xususan, yuklarni bojxonada deklaratsiyalash va mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonlarida elektron tizimlardan foydalanish samaradorligini oshirish, inson omilini kamaytirish hamda xalqaro standartlarga mos shaffoflikni ta’minlashda muhim omilga aylandi.

Elektron deklaratsiya tizimining afzalliklari shundaki, ilgari bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish ko‘p bosqichli, qog‘ozbozlik ko‘p bo‘lgan jarayon edi. Bugungi kunda esa bojxona organlarida “Yagona bojxona axborot tizimi”, “Single Window” platformalari va boshqa elektron xizmatlar joriy etilishi tufayli deklaratsiyalarni onlayn tarzda taqdim etish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, yuk tashuvchi, eksportyor yoki importyor kompaniyalar real vaqt rejimida yuk holatini va manzilini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Tizimning qulaylikdaridan yani biri hujjatlarni qog‘ozda topshirish zarurati kamaydi, bu esa vaqt va mablag‘ni tejaydi. Platformalarning avtomatik tekshirish algoritmlari xatoliklarning kamayishi va bojxona rasmiylashtiruvining tezkorligini ta’minlamoqda. Bundan tashqari, elektron tizimlar ma’lumotlarning yagona bazada saqlanishini ta’minlaydi, bu esa korrupsiya holatlarining oldini olish va davlat organlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini soddalashtiradi.

Sertifikatlashtirish jarayonidagi raqamli imkoniyatlar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, mahsulotlarning sifat va xavfsizlik sertifikatlarini olish jarayoni ham raqamli formatga o‘tkazildi. Endilikda “Elektron sertifikatlashtirish” tizimi orqali tadbirkorlar mahsulotlar uchun zarur sertifikatlarni masofadan turib olishlari, ariza holatini onlayn kuzatishlari va hujjatlarni elektron shaklda yuklashlari mumkin.

Mazkur tizimning joriy etilishi sertifikat beruvchi tashkilotlar faoliyatida shaffoflikni oshiradi, soxta hujjatlar muammosini bartaraf etadi hamda mahsulotlar sifatini nazorat qilishda xalqaro e’tirof etilgan standartlarga muvofiqlikni ta’minlaydi.

Rivojlangan davlatlarda elektron deklaratsiya va sertifikatlashtirish tizimlari allaqachon logistika zanjirining ajralmas qismiga aylangan. O‘zbekiston ham bu yo‘nalishda jadal qadamlar tashlamoqda. Bojxona qo‘mitasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va boshqa idoralar tomonidan elektron platformalar o‘zaro integratsiya qilinmoqda.

Elektron deklaratsiyalash va sertifikatlashtirish tizimlari nafaqat davlat  boshqaruvi samaradorligini oshiradi, balki tadbirkorlar uchun qulay ish muhitini yaratadi. Raqamli texnologiyalar asosidagi shaffof, tezkor va ishonchli tizimlar O‘zbekistonning global savdo maydonida raqobatbardoshligini yanada mustahkamlaydi.

Xasan Muxtarov,

Bojxona yuklarni deklaratsiyalash va sertifikatlashtirish xizmati boshlig‘i

Sahifalar

Category

Skip to content