2025-yil - Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
X

Biz haqimizda

"Navoiyuran" davlat korxonasi 2022 yil yanvar oyida "Navoiy KMK"AJni isloh qilish natijasida tashkil etilgan.

Kontakt

  • Inspektorlar 7, 210100, O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri
  • info@navoiyuran.uz
  • Ofis ish vaqti: Dushanba - Juma 08:00 - 17:00 Shanba-Yakshanba: Yopiq

Kasaba uyushmalari bayrami keng tantana qilindi

Karmana tumanidagi “Oqsaroy” tantanalar maskanida 11-noyabr- O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda korxona boshqarmasi, Uran ishlab chiqarish zavodi rahbariyati va tarkibiy bo‘linmalar muhandis-texnik xodimlari hamda kasaba uyushmasi faollari, shuningdek, taklif etilgan mehmonlar ishtirok etishdi.   

Tantana avvalida korxona Bosh direktori Djamal Fayzullayevning sana munosabati bilan mehnat jamoasiga yo‘llagan bayram tabrigini korxonaning Inson resurslarini boshqarish bo’yicha direktori Aziz Oltinov o‘qib eshittirdi.

Tabrikda ta’kidlanganidek, “Navoiyuran” davlat korxonasidagi 6-Birlashgan kasaba uyushmasi Qo‘mitasi boshchiligidagi 28 ta kasaba uyushma qo‘mitalari 10400 nafardan ortiq a’zolarni birlashtirgan holda, mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning munosib turmush darajasini ta’minlash, sog‘lom va xavfsiz mehnat muhitini yaratish yo‘lida amaliy ishlar olib bormoqda.

Shuningdek, joriy yildagi ijtimoiy tashabbuslar natijasida 1545 nafar ishchi-xodim va 173 nafar pensioner sog‘lig‘ini tiklash uchun sanatoriy va profilaktoriyalarga yuborildi.

1887 nafar bola respublika miqyosidagi oromgohlarda dam oldi. 1362 nafar mehnatkash va faxriylar uchun mamlakatimizning tarixiy shaharlariga turistik sayohatlar tashkil etildi. Ehtiyojmand xodimlar va pensionerlarga qariyb 800 million so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi.

Shodiyona davomida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi va kasb bayrami munosabati bilan hamda korxonadagi fidokorona mehnati, ishchi-xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy shart-sharoitlarini yaxshilashda qo‘shib kelayotgan hissasi uchun bir guruh xodimlar taqdirlandi.

Xususan, “Navoiyuran” davlat korxonasi va 6-Birlashgan kasaba uyushmasi Qo‘mitasining qo’shma qarori bilan 2 nafariga “Navoiyuran Faxriysi” unvoni, 3 nafariga III darajali “Konchilik shuhrati” ko’krak nishoni, 15 nafariga faxriy yorliq va  tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bayram tadbirida NKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi o‘rinbosari O.Temirov korxona jamoasini bayram bilan tabrikladi.

Tadbirining eng ahamiyatli jihatlaridan biri har yili an’anaviy tarzda NKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan tashkil etilgan ko‘rik tanlovlar natijasi sarhisob qilinadi. Bu gal ham eng faol ishchi-xodimlar rag‘batlantirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xususan, “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha eng yaxshi vakil” ko‘rik-tanlovida ishtirok etib, 2-o‘rinni egallagan Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika markaziy laboratoriyasi chilangari Rauan Achilov, “Zafarobod” KB 2-sonli GTK suvni kimyoviy tozalash apparatchisi Tamara Muxanova, Raqamlashtirish ofisi inshootlari elektromontyori Galimjan Mektepbayev, “Ishning eng yaxshi tashkilotchisi, qonunlar va qoidalar bilimdoni” ko‘rik-tanlovida ishtirok etgan va 2-o‘rinni egallagan “Uchquduq” GTK muhandis-geotexnologi G‘ulom Xudoyev, “Zafarobod” KB Ta’mirlash mexanika sexi metalli bochka va mahsulotlar ishlab chiqarish uchastkasi ustasi Alisher Majidovlar munosib rag‘batlantirildi.

Shuningdek, uzoq yillar korxona kasaba uyushmalari tizimida mehnat qilgan pensionerlar Fayruza Faizova, Natalya Jivilkina va Gulnara Elertlarga Qo‘mitaning tashakkurnomalari topshirildi.

Bayram shodiyonalari O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Navoiy viloyati bo‘linmasi, “Farhod” madaniyat saroyi va “Yoshlik” madaniyat uyining xonandalari, badiiy jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert bilan davom etdi. 

Sahifalar

Category

Skip to content