“Navoiyuran” davlat korxonasining 2025-yil yanvar-dekabr oylari faoliyatiga oid asosiy ko‘rsatkichlari
Hisobot davrida mahsulot ishlab chiqarish 14,3 trillion so‘mni yoki rejaga ko‘ra 117,2 foizni, o‘sish surʼati esa 2024-yilga nisbatan 134,5 foizni tashkil etdi.
Geologiya qidiruv ishlari prognoz ko‘rsatkichi 2 321,2 ming pogona metr yoki 110,5 foizga bajarilib, o‘sish surʼati 148,3 foizni tashkil etdi, texnologik burg‘ilash ishlari 5 375,6 ming pogona metr yoki 227,3 foiz o‘sish surʼati bilan 162,3 foizga, mahsuldor eritmalarni qayta ishlash hajmi 135,3 foiz o‘sish surʼati bilan 111,2 foizga va uran qazib olish 141,7 foiz o‘sish surʼati bilan
114,8 foizga bajarildi.
Eksport hajmi ko‘rsatkichlari 137,4 foiz o‘sish surʼati bilan 110,3 foizga bajarildi. Investitsiya dasturi loyihalarini amalga oshirish doirasida korxonada 127,1 foiz o‘sish surʼati bilan 160,0 mln dollar kapital qo‘yilma o‘zlashtirildi yoki prognozga nisbatan 118,5 foizga bajarildi hamda
Hisobot davrida mahalliylashtirish dasturidagi 16 ta loyiha doirasida 121,9 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, prognoz ko‘rsatkichi 103,5 foizga bajarildi, o‘sish surʼati 207,7 foizni tashkil etdi. 306 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Sanoat kooperatsiyasi asosida mahalliy korxonalardan mahsulot xarid qilish hisobot davrida 1 166,0 mlrd so‘mlik yoki shu davr prognoziga nisbatan 102,5 foizga mahsulot xarid qilinib, o‘sish surʼati 154,3 foizni tashkil etdi.
Importni qisqartirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 43,2 mln dollarga yoki prognozga nisbatan 102,7 foizga bajarilib, o‘sish surʼati 146,4 foizni tashkil etdi.
Hisobot davrida jami tannarxni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarning bajarilishi korxona bo‘yicha 645,5 mlrd so‘mni tashkil etishi, rejaga ko‘ra 117,4 foizga bajarilishi hamda o‘sish surʼati 138,7 foizga taʼminlanishi kutilmoqda.
Budjetga to‘lovlar va soliqlar qiymati 5,6 trillion so‘mni yoki prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 113,5 foizni hamda o‘sish surʼati 122,7 foizni tashkil etdi.